00:20 / 17.10.2024
55

Sadir Japarov: Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz

Sadir Japarov: Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz
Foto: president.kg
Qator G‘arb davlatlarining Qirg‘izistonga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish haqidagi talablari adolatdan emas, chunki ularning o‘zi Moskva bilan aloqani buzmayapti, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida.

«Ularga ochiq aytaman: o‘zingiz, ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlari, sanksiyalarga qaramay, Rossiya bilan hamkorlik qilyapsiz. Rossiya bilan savdo hajmingiz yiliga 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Kerak bo‘lganda, siz Rossiya bilan mukammal hamkorlik qilasiz, lekin u bilan ishlamasligimizni talab qilasiz. Sizning bu talabingiz adolatli emas», dedi Japarov.

Prezidentning tushuntirishicha, Qirg‘iziston Rossiya bilan hamkorlikdan shunchaki voz kecha olmaydi.

«Tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollardan oshadi, biz Rossiyadan neft, gaz, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni sotib olamiz. Geografik jihatdan biz boshi berk ko‘chadamiz. Dunyoga yo‘l va temir yo‘llarimiz Rossiya orqali o‘tadi. Bu mamlakatda millionga yaqin migrantimiz bor. Qanday qilib biz Rossiya bilan hamkorlik qilmaymiz?», dedi davlat rahbari.

Japarov Qirg‘iziston prezidentligi davrida ko‘p vektorli siyosat olib borayotganini, dunyoning barcha davlatlari bilan o‘zaro manfaatlarni hisobga olish asosida hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.

«Masalan, yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladik. MDH ayrim a’zolari bilan savdo aylanmasi so‘nggi to‘rt yil ichida yetti barobar oshdi. Biz ba’zi masalalarda bir-birimizga bog‘liqmiz, shuning uchun ular bilan hamkorlik qilmaslikning iloji yo‘q», deb tushuntirdi Japarov.

Qirg‘izistonning Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlari haqidagi savolga javob berar ekan, Japarov bu boradagi shubhalar asossiz ekanini aytdi.

«BMT a’zosi sifatida biz sanksiyalangan mahsulotlar bilan ishlamadik. Shuning uchun ular bu masalada bizga qarshi hech qanday da’vo qila olmaydi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Bu mumkin emas. Ko‘rinib turibdiki, ularda Rossiyaga nisbatan nafrat bor», dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Sadir Japarov, Rossiya, Aloqalarni uzish, Talablar adolatsiz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov: Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz