date
views 90

Toshkentda pulli toʻxtab turish joylari uchun toʻlovlar miqdori tasdiqlandi

Toshkentda pulli toʻxtab turish joylari uchun toʻlovlar miqdori tasdiqlandi
Foto: Toshkent shahar transport bosh boshqarmasin
Shavkat Umurzoqov 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida transport vositalarining pulli toʻxtab turish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, hokimlik va “Toshkent Invest kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari ma'qullandi.

Hujjatda pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdori ham tasdiqlandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi.

Bir soatlik toʻxtab turish narxlari:
1-tarif zonasida 12 ming soʻm;
2-tarif zonasida 10 ming soʻm;
3-zonada 8 ming soʻm;
4-zonada 6 ming soʻm;
5-tarif zonasida 5 ming soʻmni tashkil qiladi.

Parking transport vositalarini saqlash uchun moʻljallanmagan. U erda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.

Ayrim guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat koʻrsatiladi. Shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari bepul joylashtirilishi mumkin.

2024 yil 19 yanvarda “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangandi. Qonunda pulli toʻxtab turish joylarining egalari ushbu joylardan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorini Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori boʻlmagan tariflar boʻyicha mustaqil ravishda belgilashi qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda pulli toʻxtab turish joylari uchun toʻlovlar miqdori tasdiqlandi