Konditsioner va elektromobillar kelajakda energiya iste’molining asosiy drayveri bo‘ladi

1 daqiqa o'qish100
Konditsioner va elektromobillar kelajakda energiya iste’molining asosiy drayveri bo‘ladi
Foto: AFP/Getty Images
Xalqaro energetika agentligining (XEA) ta’kidlashicha, konditsionerlardan foydalanishning ortib borishi kelgusi o‘n yillikda dunyo elektr tarmog‘iga yuklamalarni keskin oshiradi va kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda FT yozdi.

Energiya xavfsizligini nazorat qiluvchi XEA tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda daromadlar ortib borishi va iqlim o‘zgarishi tufayli uy konditsionerlaridan foydalanish ko‘payadi, mos ravishda elektr quvvatiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi.

Ushbu prognoz XEA tomonidan e’lon qilingan World Energy Outlook hisobotida keltirilgan. Unda aytilishicha, havoni sovutish uchun 2030 yilga borib 697 teravatt-soat (TWh) qo‘shimcha elektr energiyasini talab qilinadi, bu esa kompyuter ma’lumotlar markazlarining qo‘shimcha talabidan uch barobar ko‘proq. Shuningdek, XEA ma’lumotlariga ko‘ra, elektr transport vositalari uchun qo‘shimcha 854 TWh energiya talab qilinadi.

Qayd qilinishicha, AQSH va Yaponiyada uy xo‘jaliklarining 90 foizi konditsionerga ega, ammo bu Nigeriyada 5 foiz, Indoneziyada 15 foiz va Hindistonda 20 foizdan kam. Biroq, daromad darajasining oshishi va iqlim o‘zgarishi ta’sirining kuchayishi bilan odamlar konditsioner sotib olmoqda va bu elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil sanaladi.

XEA hisobotiga ko‘ra, 2050 yilga borib, turar-joy konditsionerlari uchun energiya iste’moli 280 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shu davrda konditsionerlarning umumiy energiya iste’molidagi hissasi 14 foizga yetadi, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 7 foizdan kam.

Konditsionerlar bozori o‘sishining katta darajasi rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz beradi va XEA iqlim o‘zgarishi tez-tez issiqlik to‘lqinlariga olib keladigan bo‘lsa, talab yanada yuqori bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

XEA global elektr energiyasiga bo‘lgan talab har yili 1000 TWh miqdorida oshib borayotganini ta’kidladi, bu Yaponiyaning bir yillik iste’moliga teng.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?