Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida Katanes borasida obunachisi tomonidan yo‘llangan savolga javob berdi:
- Assalomu alaykum Alisher aka. Sizning Katanes borasida fikringizni bilishni xohlayman. Hozir ko‘plab "aqlli" jurnalist va blogerlar uni tanqid qilyapti. Men sizni futbolda haqiqiy professional mutaxassis sifatida bilaman va menga sizning fikringiz qiziq.
"Katanes tanqid qilingan va himoya qilingan ko‘plab maqolalarga ko‘zim tushdi. Katanes jamoamizga ehtiyotkor va pragmatik futbol singdirdi. U kam hollarda eksperiment va rotatsiya qiladi va bir xil tarkib bilan o‘ynashni afzal ko‘radi. O‘z-o‘zidan buni yoqtirmaydigan jurnalistlar ham bor.
Biroq futbolning mazmuni shuki, murabbiyning mehnati saralash turniri davomida qancha futbolchidan foydalanganiga qarab emas, nechanchi o‘rinni egallaganiga qarab baholanadi. Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi esa 3-o‘rindagi terma jamoadan 6 ochkolik farq bilan o‘z guruhida ishonchli tarzda TOP-2da ketmoqda. Men mag‘lubiyatsiz seriya haqida gapirmayapman. Qatar bilan Osiyo Kubogining chorak finalidagi natijani mag‘lubiyat deb hisoblasak ham, Katanes boshchiligidagi jamoa Mundial saralash turnirining 10 ta o‘yinida yutqazmadi — bunaqasi tariximizda sodir bo‘lmagan.
Ha, tushunaman, O‘zbekiston milliy jamoasi Katanes boshchiligida mag‘lub etgan raqiblar qit’aning eng yaxshi jamoalari ro‘yxatida yo‘q. Ammo raqiblarni murabbiy tanlamaydi va biz o‘zimiz ham jamoamizga qur’a tashlashda osonroq raqiblar to‘qnash kelishini xohlaymiz. Misol uchun, Avstraliya emas, Qatar biz bilan bir guruhda bo‘lishini o‘zimiz xohlagandik.
Top jamoalar bilan o‘yinlarga kelsak. Biz Yaponiyani necha marta mag‘lub etganmiz? Bir marta - ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘yinda. Janubiy Koreyani necha marta yengdik? Bir marta — 30 yil oldin. O‘shanda koreyslar Osiyo o‘yinlariga asosiy tarkibi bilan kelmagan edi. Eronni necha marta mag‘lub etgandik? Bir marta. Yana 4 durang va 10 mag‘lubiyat bor edi. Ammo Katanes qo‘l ostida qatorasiga 3 durang qayd etildi. Ulardan biri kambek bo‘lib, birinchi bo‘limdan so‘ng jamoamiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi.
O‘z vaqtida termamizning muammolaridan biri sifatida irodali g‘alabalarni qo‘lga kirita olmasligi haqida yozgandim. 25 yil davomida biz faqat bitta mana shunday o‘yin bilan faxrlanardik — 2005 yilning avgustida Kuvaytga (3:2) qarshi uchrashuv. Hozirgi avlod (Katanetsning yordami bilan yoki yo‘q) bu sindromni yengib o‘tgandek, guyo.
Ha, Katanetsga omad kulib boqdi. U jahon chempionati ishtirokchilari soni oshgan davrda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga keldi va endi OFKda TOP-4ga emas, TOP-8ga kirishni o‘zi kifoya. Shuning uchun, guruhimizda avvalgidek ikki favorit yo‘q, faqat birgina Eron bor.
Ha, Katanetsning omadi keldi. Sababi, u 2021 yilda O‘zbekiston milliy jamoasini qabul qilgan va birinchi jiddiy turnirga bir yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. 1992 yildan keyingi davrda Rustam Akramovdan boshqa O‘zbekistonning biror murabbiyida tayyorgarlik, tarkib tanlash, taktika bilan shug‘ullanish uchun bu qadar ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo O‘zbekiston "JCH-2022" saralash turniridagi ishtirokini har qachongidan ham erta yakunlaganida Katanetsning aybi yo‘q.
Bir jurnalistning hozirgi O‘zbekistonning milliy terma jamoasi jahon chempionatining final turniriga chiqa olmasa, hech narsa bilan esda qolmaydi, degan fikrini eshitdim. Birinchidan, jamoamiz jahon chempionatiga chiqadi. Ikkinchidan, har birimiz o‘ziga xos xotiralarga egamiz. Masalan, 2011 yilgi Osiyo Kubogidan kimlardir Qatar ustidan qozonilgan g‘alabani (2:0) eslasa, yana ayrimlar Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyatni (0:6) yodga oladi. Hatto bitta o‘yin ham odamlar tomonidan turlicha eslanadi. Ba’zi futbolchilar o‘sha bahsda Avstraliyadan yaxshiroq o‘ynaganliklari haqida haligacha gapirishadi.
Qanday bo‘lmasin, men hozirgi bahslarning sabablarini tushunmayapman. Katanetsning ketishini kim xohlaydi? Nimaga sabab bilan? U natija keltiryapti. Qolaversa, murabbiyni og‘ir kasal bo‘lib qolgan vaziyatida ishdan bo‘shatish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar Katanetsning o‘zi shartnomani bekor qilishga qaror qilsa, bu — butunlay boshqa masala", - deya Alisher Nikimbayev o‘z telegram kanalida yozib qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Angela Merkel Trampning saylovdagi g‘alabasidan xafa bo‘lganini tan oldi