Eng oddiy bioxak — ertalabdan achchiqqina qahva ichish. “Layfxaker” organizmni ishga “sozlash”ning boshqa, u qadar mashhur bo‘lmagan usullari haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.
Kimdir prokrastinatsiya (hayotiy muammolarga olib keluvchi muhim va shoshilinch ishlarni orqaga surish, kechiktirish) bilan kurashayotgan bir vaqtda boshqa birov yanada ishchan va samarali bo‘lish yo‘llarini izlaydi. Bioxaking shunday paydo bo‘lgan. U o‘z samaradorligini oshirish uchun organizmga yeguliklar, sport va uyqudan maksimum foyda olish usullarini o‘ziga jamlagan.
1. “Yog‘li” qahva iching
Shunday paytlar bo‘ladiki, ko‘zingizga uyqudan boshqasi ko‘rinmaydi. Biroq oddiy qahva sizga tetiklik baxsh etmasligi ham mumkin (darvoqe, organizm ba’zi ichimliklarga o‘rganib qolishi holatlari ham uchraydi, shu bois ular tetiklashishga yordam bermaydi).
Bunday holatlarda qaynoqqina qahvaga bir choy qoshiqda kokos yog‘i yoki sariyog‘ qo‘shsangiz, ko‘proq foyda keltiradi. U jigar ketonlarga aylantiradigan triglitseridlarga ega — bu aql uchun o‘ziga xos ozuqadir.
U glyukozadan farqli o‘laroq, sog‘lom ozuqa hisoblanadi. Miya olingan energetik quvvatni teng taqsimlaydi, bunda kofein pasayishi belgilari - samaradorlik o‘rnini birdaniga charchoq va diqqatni jamlay olmaslik egallashi kuzatilmaydi.
2. Ko‘proq tanovul qilish
Vazn tashlash istagidagi kishilarga tez-tez kichik porsiyalarda ovqatlanish tavsiya qilinadi. Organizmni bunday “aldash” samaradorlikni oshirish kerak bo‘lgan holatlarda ham ta’sir qiladi.
Yegulikni ongli qabul qilish ovqat hazm qilish tizimini shunday yuklaydiki, organizm o‘zining barcha energetik resurslarini endigina iste’mol qilingan taomlarni qayta ishlashga yo‘naltirishga majbur bo‘ladi - boshqa vazifalarga esa kuch ham qolmaydi. Tushlikdan keyin uyqu elitishini sezgan har qanday inson buni tasdiqlashi mumkin.
Bunday vaziyatda odatiy uch mahal ovqatni, masalan, besh kichik va yengil tamaddiga almashtirish mumkin. Imkon qadar og‘ir mahsulotlarni tanlamaslik kerak - ko‘proq sabzavotlar va ko‘katlarga e’tibor qarating.
3. Nootrop-mahsulotlarni qo‘shish
Nootroplar - miyani faoliyatini faollashtiruvchi preparatlar. Ularni shifokor maslahati asosidagina qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘lsa, miya faoliyati uchun foydali moddalar (masalan, B guruhi vitaminlari, omega-3 yog‘ kislotalari, kalsiy, fosfor, temir, magniy)ga boy mahsulotlarni retseptsiz ratsionga qo‘shish mumkin. Nootrop-mahsulotlar:
- baliq;
- sut mahsulotlari;
- tuxum;
- sabzi, pomidor, lavlagi;
- brokkoli, ismaloq, gulkaram;
- ko‘katlar (salat bargi, petrushka va b.);
- olma;
- chernika;
- suli yormasi;
- qovoq urug‘i, yong‘oq.
4. Uyqu sifati ustida ishlash
Ertalab uyqudan turganingizdan keyin ham charchoqni his qilasizmi? Demak, uyqu sifati haqida o‘ylash va uni yaxshilashning ayni vaqti.
Uxlashga yotishdan ikki soat oldin qurilmalardan foydalanmang
Kompyuter, planshet va smartfonlar ekranlaridan taraluvchi ko‘kimtir nur organizmda uyqu gormoni - melatonin ishlab chiqarish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, u bioritmlarni tartibga soladi va sutkalik rejimni saqlab qolishga yordam beradi: melatonin me’yorida bo‘lsa, uyqusizlik kelib chiqmaydi. Ikkinchidan, u organizmning uyqu vaqtida o‘zini tiklashi uchun javob beradi. Ta’kidlash joizki, melatonin 70 foizga aynan tungi vaqtda ishlab chiqariladi.
Elektron qurilmalarning salbiy ta’siridan xabardor bo‘lsangiz, tunda yaxshi uxlash va ertalabdan o‘zingizni charchagan his qilmasligingiz uchun uyqu oldidan ulardan foydalanmagan ma’qul.
Uyqu uchun niqob va quloqchinlardan foydalaning
Agar uyqu kuch-quvvatingizni tiklamayotgandek tuyulsa, shovqin va yorug‘lik “aybdor” bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun niqob va quloqchinlar kerak: ular yorug‘lik va shovqindan himoyani ta’minlaydi.
5. Tetiklashish
Tetiklik va sergaklik baxsh etuvchi usullarni bilish hamda kun davomida ulardan oqilona foydalanish ortiqchalik qilmaydi.
Ertalab — kontrast dush
Hatto yuzni sovuq suv bilan yuvish ham ertalabdan yaxshi natija beradi. Dush qabul qilish vaqtida suv haroratini o‘zgartirish esa yanada yaxshi: 30 soniyaga - sovuq, keyin yana 30 soniyaga - iliq suvni yoqish kerak. Bunday ketma-ketlikni bir necha marta takrorlash kerak.
Buning ijobiy ta’siri quyidagicha: jarayon quvvat baxsh etadi, diqqatni jamlaydi va kunduzi ko‘proq kaloriya parchalash, kechasi esa yaxshi uxlashga yordam beradi.
Kunduzi — ish vaqtida holatni o‘zgartirish
Agar ertayu kech ofis kreslosida o‘tiraversangiz, kun yarmiga borib zarur vazifalarni bajarish uchun kuch qolmaydi, ba’zan esa bu holat undan-da ertaroq kuzatiladi.
Bioxakerlar tavsiyasi: birinchidan, taxminan har 45 daqiqada ishdan chalg‘ib, biroz aylanib kelish yoki jismoniy mashqlar bajarish kerak (eslatib turishi uchun soat qo‘ng‘irog‘ini sozlab qo‘ying). Ikkinchidan, nafaqat o‘tirib, balki baland stolda turib ham ishlashga harakat qilib ko‘rish kerak.
Bunday usullar ish kunlaringizga biroz bo‘lsa-da xilma-xillik olib kiradi, lekin ishdagi samaradorlik oshishi uchun shuning o‘zi ham yetarli.
Kechqurun — yoga mashqlari
Jismoniy faollik — organizmga tetiklik bag‘ishlash usuli. Miya faoliyatining yanada faollashuvi uchun esa, ma’lum bo‘lishicha, yogadagi kabi boshda turish mashqi juda foydali ekan. U miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, shu bilan birga, gipofiz va epifiz ishini rag‘batlantiradi - bu temirlar organizmda gormonal muvozanatni qo‘llab-quvvatlashda katta rol o‘ynaydi. Buning natijasida miya yanada faol ishlay boshlaydi, yuqori samaradorlik va yaxshi kayfiyat kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”