
Bu ish bilan Amerika hamda Xitoy olimlar guruhi shug‘ullandi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar odam bir kecha-kunduzda olti soatdan kam uxlasa, organizmidagi suv miqdori keskin kamayib ketarkan.
Organizmda suv miqdori me’yordan kam bo‘lsa, inson qon bosimi tushib ketishi, hushdan ketish, holsizlik, ayrim holatlarda yurak urishdan to‘xtashi kabilarga duchor bo‘ladi.
Shu sababli ham mutaxassislar basharti kimdir uyquga to‘ymagan bo‘lsa, har ehtimolga qarshi ertalab to‘yib suv ichishni maslahat berishmoqda. Shunda organizmdagi suv miqdori me’yoriy holatga kelishi mumkin. Umuman olganda, kam uxlab, kamiga suv ichish bilan kifoyalanish ham doimiy tarzda foyda bermaydi.
Negaki, organizm istagancha dam olmas ekan, asosiy a’zolar faoliyatiga putur yetadi. Xudo ko‘rsatmasin, yurak urishdan to‘xtab qolsa, bu fojiani hech qanday suv bilan bartaraf etib bo‘lmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar