09:09 / 21.12.2018
6 508

Hissiyotni qo‘zg‘ash

Hissiyotni qo‘zg‘ash
Fikr o‘rniga hissiyotni qo‘zg‘ash mantiqiy tahlilni, jumladan o‘zni tanqid qilish hissini to‘xtatishga xizmat qiladigan an’anaviy yo‘ldir. Shuningdek ta’sirli iboralarni ishlatish ham ongsizlik va shuursizlik holatini yuzaga keltiradi. Endi bu holga tushgan kallaga turli fikr va mayllar, hamda qo‘rquv, qarash va xulq-atvorlar urug‘ini ekish mumkin bo‘ladi.
Noami Chomski, amerikalik faylasuf

Mulohaza: Arab tilli ijtimoiy tarmoqlarda bu fikrga ilohiy vahiyni ro‘kach qilgan holda e’tirozlar bo‘lmoqda. Ushbu e’tirozlar "Vahiy ham hissiyotni qo‘zg‘aydi. Naomi Chomskining fikricha uyam mazkur natija, ya’ni ongsizlik va aqlni ishlatmaslik holatiga olib kelarkanda. Bunday natija vahiy martabasi uchun loyiq emas", degan mazmunda bo‘lmoqda.

To‘g‘ri, bu e’tirozda ham jon bor. Vahiyga asoslangan ta’limot va diniy xitob doim inson hissiyotini qo‘zg‘aydi. Lekin g‘arazgo‘y inson tomonidan hissiyotni qo‘zg‘ash bilan ilohiy vahiyning o‘rtasida farq bor. Odatda birinchisi natijasidan inson afsus va nadomatlarga duchor bo‘lsa, ikkinchisining natijasi ko‘pgina yaxshiliklarga bois bo‘ladi. Qolaversa, ilohiy vahiy aql va hisga barobar xitob qilgani uchun ongsizlik va shuursizlik holati yuzaga kelmaydi. Demak, faylasuf olimning bu fikri faqat g‘arazgo‘y insonlar tomonidan qo‘zg‘aladigan hissiyotga tegishli.
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hissiyotni qo‘zg‘ash