Alloh taolo marhamat qiladi: "Ular (ayollaringiz) sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsizlar. Sizlarning o‘zingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi, ular bilan (ro‘za kechalarida bemalol) qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan (taqdir etgan) narsani (farzandni) umid etaveringiz. Shuningdek, tonggacha, ya’ni oq ipning qora ipdan (tongning tundan) ajraladigan vaqtigacha yeb ichaveringiz.
So‘ngra ro‘zani kechgacha (quyosh botguncha) mukammal tutingiz! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan paytlaringizda (kechalari ham) ular (xotinlar) bilan qo‘shilmangiz! Bular (aytgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar (man etilgan ishlardan) saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday aniq bayon qiladi” («Baqara» surasi , 187-oyat).
Ushbu oyatda Ramazon oyida bandaga qilish ixtiyorli bo‘lgan ba’zi hukmlar ochiq bayon etilgan. Erkak ayol uchun ayol erkak uchun taskin bo‘lishi aytilgan. Ular bir-birlarini libos kabi issiqdan, sovuqdan, chang-g‘ubor kabi tashqi zararlardan to‘sib, himoyalashi kerak. Bir-birlariga ma’naviy tirgak, yaxshi kunlaridan xursand bo‘lib, yomon kunlarida sabrli bo‘lishga undab, dalda beradi. "A’rof" surasiningg 189-oyatida: U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir”, deya marhamat qilingan.
Ramazon poklanish va taqvo oyidir. Yeyish ichish va jimo qilishdan kunduzlari banda o‘zini tiyishi bilan ulkan ajrni qo‘lga kiritadi. Bu oyat nozil bo‘lguniga qadar Ramazon oyida ro‘zadorlarga kechalari ham jinsiy suhbat man etilgan edi. Iftorlik qilmay uxlab qolgan kishi o‘yg‘onganida, unga yeyish-ichish va ayoli ila munosabat halol bo‘lmagan. Bandalar mashaqqat chekayotganini Alloh taolo bildi va ularning tavbalarini qabul etdi.
Shuningdek, oyatda nikohlanib oila qurishdan maqsad inson o‘zidan chiroyli zurriyod qoldirish ekani va ro‘zani kunduzlari mukammal tarzda, ya’ni til, ko‘z, quloq, qo‘l hammasini ro‘zaga taklif etish buyurilgan. Alloh taolo buyurgan chegaralarni buzib o‘tish, ya’ni buyurganlarini bajarmaslik, qaytarganlaridan tiyilmaslik Uning omonatiga xiyonat hisoblanadi. «Anfol» surasining 27-oyatida: Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo‘ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz!”, deya ogohlantirilgan.
E’tikof Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida masjidda ibodat qilinadigan savobli amaldir. Ayol kishi o‘z uyida e’tikof o‘tirishi mumkin. E’tikofning eng oz muddati bir kundir. E’tikof niyati bilan o‘tirgan ro‘zadorga bir necha ishlar man etiladi. Jumladan, hojat taqozo qilmaganida tashqariga chiqish, savdogarlik qilish (molni keltirmasdan savdo qilish mumkin), behuda gapirish kabilardir.
«Koh ota buzruk» jome masjidi imom noibi
Abduvohid O‘ROZOV tayyorladi.
Abduvohid O‘ROZOV tayyorladi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi