20:07 / 23.11.2019
8 768

Qahva haqida biz bilmagan ma'lumotlar

Qahva haqida biz bilmagan ma'lumotlar
Qahvaning hayotimizdagi o‘rni shunchalik muhimki, kunimizni bir finjon qahvasiz tasavvur qila olmaymiz. Garchi qahva va uning tarkibi haqida ko‘plab ma’lumotlar bo‘lsa-da, sog‘liq uchun foydali tomonlari ham bormi degan savol hammamizni qiziqtiradi. Bu qaxva tarkibi faqatgina kofeindan iboratmi yoki uning boshqa xususiyatlari bormi?

1. Qahvani xush ko‘ruvchilarning xavfli kasalliklarga chalinish ehtimoli kamroq.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qon tarkibida kofein moddasining miqdori yuqori bo‘lishi Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimoli kamroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, qahva ayollarda uchraydigan teri saratonidan ham saqlaydi.

2. Qahva mushaklardagi og‘riqni qoldiruvchidir.
Ertalabki mashg‘ulotdan so‘ng mushaklardagi og‘riqni qoldirish uchun qahva ichish tavsiya qilinadi.


3. Qora qahva tarkibida kofein moddasi kamroq bo‘ladi.
Qora qahva tarkibida kofein moddasi ko‘p bo‘ladi deb o‘ylaydiganlar ancha yanglishadi. Chunki qancha qahva ko‘p kuydirilsa, shunchalik ko‘p kofein moddasining kuchi yo‘qoladi.

4. Qahva aslida mevadan olinadi.
Qahva donalari aslida loviyasimon emas, balki gilosga o‘xshash mevadan olinadi.

5. Dastlab ushbu mahsulotni echkilar tufayli topishgan.
Efiopiyada taxminan 800-yilda bir cho‘pon o‘zi bilan qahva donalarini olib keladi va echkilar aynan shuni yeb har xil harakatlar qilganini payqaganini aytadi. So‘ng boshqalar ham uni yeb ko‘rib kayfiyatlari ko‘tarilganini sezishadi.


6. Amerikada qahva 1600-yillarning o‘rtalarida kirib kelgan.
Qahva birinchi marta 1600-yillarning o‘rtalarida Nyu-Amsterdam (hozirgi Nyu-York)da sotila boshlandi.

7. Qahva o‘z joniga qasd qilish va tushkunlik xavfini kamaytiradi.
Xususan, ayollarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘proq qahva ichganlarda ruhiy tushkunlik va o‘z joniga qasd qilish holatlari kam bo‘lgan. Yana bir tekshiruv shuni ko‘rsatadiki, kuniga to‘rt stakan qahva iste’mol qilgan ayollarning ruhiy tushkunlik bilan kasallanish ehtimoli 20% kamroq ekanligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qahva haqida biz bilmagan ma'lumotlar