Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tez-tez stress holati, noto‘g‘ri ovqatlanish, doimiy uyqusizlik, uzoq vaqt oftobda bo‘lish, haddan tashqari ko‘p jismoniy ish va aksincha o‘tiradigan turmush tarzi, zararli odatlar - chekish, alkogol, giyohvand moddalar iste’moli immunitetni tushirib yuboradi.
Immunitetning kuchli bo‘lishi ichakning to‘g‘ri ishlashiga bog‘liq: unda immunitet tizimi «hujayralari» ning 80 foizi mavjud. Biz iste’mol qiladigan har qanday mahsulot immunitetni kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin. Bunda to‘g‘ri ovqatlanish, darmondorilarga boy meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish juda muhim.
Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalarni o‘z ichiga olgan qatiq, yogurt mahsulotlari zararli mikroorganizmlarga qarshi bizning ichaklarimiz bilan birgalikda kurashadi va patogen mikroblarga qarshi asosiy himoya to‘sig‘ini yaratadi.
Ko‘p miqdordagi shirinliklar nafaqat tishlarimizga zarar yetkazadi balki, oshqozon osti bezini shikastlantiradi va insonni diabetga olib boradi. Qandning ortiqcha iste’mol qilinishi immunitet tizimini susaytiradi, infeksiyalarga qarshi kurashadigan antitelalar faolligini pasaytiradi.
Antibiotiklarni nazoratsiz iste’mol qilish ham immunitet tizimiga foyda keltirmaydi. Bu butunlay ulardan voz kechish kerak, degani emas. Asosiysi, o‘zini-o‘zi davolanishdan qochish lozim. Faqatgina shifokor tavsiyasi bilan dorilar qabul qilingani ma’qul.
Tez charchash, surunkali charchoq, uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish zarur. Bu belgilar immunitet pasayganidan dalolat.
Ta’kidlanishicha, ko‘pincha immunitetning keskin pasayishi stress, vahima va zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi