date

Luis Enrike PSJning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini aytdi

Luis Enrike PSJning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida “Bayer” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv 7:2 hisobi bilan yakunlandi.

Enrike safarda o‘ynash har doim qiyinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Bayer”da hozir yangi jamoa shakllanmoqda, biroq ular baribir kuchli raqib sanaladi. PSJ muxlislarini chiroyli o‘yin bilan xursand qilishda davom etishni istaydi.

Murabbiy jamoa barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni maqsad qilganini aytdi. U o‘tgan mavsumdan keyin PSJda ishonch oshganini, ammo Chempionlar ligasida 4-5 ta kuchli nomzod borligini tan oldi.

Enrike bugungi uchrashuvda birinchi bo‘lim oxirida urilgan uchta gol o‘yinning burilish nuqtasi bo‘lganini qayd etdi. PSJ Chempionlar ligasidagi uchta o‘yinda ham g‘alaba qozondi.

Biroq, jamoa shu ruhda harakat qilishda davom etishi kerakligini bildirdi. U PSJ har qanday raqibga qarshi kurasha olishini aytdi.

Keyingi turda PSJ o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qiladi. Uchrashuv 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini aytdi