date

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi tanker avariyaga uchrab,portlab ketti

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi tanker avariyaga uchrab,portlab ketti

Nigeriya g‘arbida yuz bergan portlash oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 40 ga yaqin kishi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda The Nation gazetasi guvohlarga asoslangan holda xabar bermoqda.

Hodisa Niger shtatining AgaYE-Bida avtomobil yo‘lida yuz bergan. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i tashuvchi tanker avariyaga uchragan, shundan so‘ng mahalliy aholining ba’zilari tankerni talash maqsadida unga yaqinlashgan. Afsuski, bu vaqtda portlash ro‘y bergan va to‘kilgan yonilg‘i katta olovga aylanib ketgan.

Nigeriya yoqilg‘i tankerlari haydovchilari uyushmasi raisi Farux Muhammad Kavo hodisani tasdiqlab, Niger shtatida faqatgina shu oyda 30 ga yaqin shunga o‘xshash voqea qayd etilganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu fojialar aholini yonilg‘i tashuvchilar bilan bog‘liq xavf-xatarlardan ogohlantirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Portlash sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi tanker avariyaga uchrab,portlab ketti