2 812
Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
Foto: Domashniy Ochag
Kun davomida vaqtingizni necha soat kompyuter yoki noutbuk qarshisida o‘tkazasiz? To‘rt yoki undan ko‘p? Agarda siz bu savollarga «ha» deb javob bersangiz, sog‘ligingizda xavfli muammolar paydo bo‘lishidan xabardormisiz?
Noqulay holatda uzoq vaqt o‘tirish, doimiy ko‘z zo‘riqishidan umurtqa, bo‘yin tomirlari va tananing boshqa muhim organlari aziyat chekadi. Biz sizga kompyuter kasalliklaridan yiroqlashish uchun nima qilish mumkinligini aytamiz.
Osteoxondroz
Yelka og‘rig‘i holatlarining 80 foizi osteoxondroz sababidan kelib chiqadi. Intervertebral disk to‘qimalarida zarbalarni yutuvchi xususiyat buzilib, disklar hajmi kichrayadi va egiluvchanligini yo‘qotib, o‘z vazifasini avvalgidek bajara olmaydi. Osteoxondroz ko‘pincha bosh, yelka, bo‘yin va qo‘llardagi og‘riqlar bilan paydo bo‘ladi.
Osteoxondroz oldini olish: ish stolingizni to‘g‘rilang
O‘rindiq juda yumshoq emas, balki sizga qulay bo‘lishi kerak. Kreslo yoki stulni yelkangiz barobarida emas, balki orqa miyaning tabiiy egilishiga qulay holda tanlasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda stul yoki kreslo yelka barobarida tekis bo‘lsa, bel tomonga valik qo‘ying. Kompyuter yoki noutbuk monitori markazi sizning ko‘zingizga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lishi kerak. Bu egri umurtqa va stressdan himoya qiladi. Har soatda ishingizni to‘xtatib, kamida besh daqiqa boshingizni egib, qo‘llaringizni cho‘zing va boshqa bir necha mashqlarni bajaring.
Quruq ko‘z sindromi
Ko‘z yuzasi yupqa ko‘z yoshi suyuqligi bilan qoplangan. Bu xavfli mikroblardan tabiiy himoyadir. Normal holatda ko‘zlarimiz 20 marta miltillaydi. Ammo o‘qish va kompyuterda ishlash paytida bu miltillash chastotasi ikki baravar kamayadi. Shuning uchun ko‘z yoshlar qisman quriydi va tabiiy himoyasini sekin-asta yo‘qotadi. Quruq ko‘z sindromi ko‘zda qichishish, qizarishdan paydo bo‘ladi.
Quruq ko‘z sindromi oldini olish: ko‘proq suyuqlik iching
Suyuqlik muvozanatini saqlash, umuman kompyuter bilan ishlamaydiganlar uchun ham juda zarur. Agarda siz kun davomida monitor bilan bir necha soat ishlasangiz, qancha suv ichishingizni kuzatib borishingiz zarur. Har yigirma daqiqada ishni to‘xtatib, ko‘zlarni kamida bir daqiqaga yuming va ko‘z qovoqlarini qattiq siqing. Suyuqlik ichishni ko‘paytiring.
Tunnel sindromi
Karpal tunnel sindromidan ko‘pincha musiqachi, yozuvchi va haydovchilar aziyat chekadi. Negaki ularning ishi qo‘llarning doimiy tarangligi bilan bog‘liq. Bu sindrom qichishish, qo‘l va barmoqlarda og‘riqning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Qo‘l va bilaklar shishishi yoki o‘rta barmoqlarda noqulaylik ham kuzatiladi.
Tunnel sindromining oldini olish: ish stolingizni to‘g‘rilang
Stol qo‘lingizni qo‘yishingiz uchun yetarli darajada katta bo‘lishi kerak. Shuningdek, stul, klaviatura va sichqoncha sizning harakatlanishingiz mos bo‘lishi juda muhim. Har soatda oddiy mashqlarni bajaring. Qo‘llaringizni mushtlang va oching. Barmoqlaringizni soat strelkasi bo‘ylab, o‘ngga va chapga aylantiring. Qo‘llaringizni oldinga tekislab, barmoqlaringizni faol ravishda silkiting. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi