Olimlar 30 yildan beri Yerga o‘xshash sayyorani qidirib kelmoqda. 1995-yilda shveysariyalik astronomlar Quyoshga o‘xshash yulduz atrofida birinchi sayyorani topgan edi. Bu kashfiyot Quyosh tizimidan tashqarida ham sayyoralar borligini ko‘rsatdi.
Bugungi kunda 6 mingdan ortiq sayyora aniqlangan. Ularning ayrimlari juda issiq, boshqalari esa yulduzlardan uzoqda joylashgan. Shunga qaramay, hayot uchun qulay bo‘lgan Yerga o‘xshash sayyora hali topilmadi.
Olimlar kuchli teleskoplar yordamida yulduz nurlaridagi kichik o‘zgarishlarni kuzatadi. Shu orqali ular yangi sayyoralar mavjudligini aniqlashadi.
Mutaxassislar fikricha, Yerga o‘xshash sayyorani topish insoniyat uchun katta ilmiy yutuq bo‘ladi. Ammo bunday sayyorani topish hali ancha vaqt talab qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!