15:10 / 16.12.2020
3 693

Taom mazasiga ta’sir ko‘rsatadigan 8 xato

Taom mazasiga ta’sir ko‘rsatadigan 8 xato
Foto: Freepik
Taom mazasining qanday chiqishi nafaqat unga qo‘shilgan mahsulotlar sifati bilan, balki tayyorlanish jarayoni bilan ham bog‘liq, deb yozadi "Daryo" nashri.

Taom pishayotgan vaqti pech eshigini qayta-qayta ochish
Taom yoki ma’lum yegulikning qanchalik pishganini tekshirish uchun pech eshigini qayta-qayta ochish yaramaydi. Chunki har ochilganda pech ichidagi harorat pasayadi va tayyor bo‘lish jarayoni cho‘ziladi. Haroratning o‘zgarishi esa taomning mazasiga ta’sir qilmay qolmaydi, tort va piroglar esa kutilganidek shishib chiqmaydi, yaxshi ko‘tarilmaydi. Maffin, keks va biskvit pishirishning ilk 15-20-daqiqasida ochish kerak emas. Yaxshisi, qanday pishayotganini bilish uchun pech chirog‘ini yoqib, eshigidagi oynadan qarash kerak. Boshqachasiga iloji bo‘lmagan taqdirda, issiqlikni tashqariga chiqib ketmaydigan darajada tez tekshirib oling. Aslida esa taomning tayyorlanish retseptida keltirilgan vaqtdan keyingina uni ochib ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Taom pishayotgan vaqtda ta’mini totib ko‘rmaslik
Taomni retsept asosida tayyorlagan taqdiringizda ham uni ta’mini totib ko‘rishni unutmang. Pishganidan keyin mazasi o‘ylaganingizdek bo‘lmaganiga ajablanish o‘rniga har gal yangi qo‘shimcha masalan, tuz yoki zira qo‘shganingizda tekshirib ko‘ring.

Retseptni noto‘g‘ri o‘qish
Qanchalik ajablanarli tuyilmasin, yangi taom tayyorlashdan avval retseptini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak. Avval tayyorlab ko‘rilmagan yegulikni pishirish davomida adashib ketish oson. Shoshmasdan, diqqat bilan tayyorlanganda adashish ehtimoli kam bo‘ladi. Retseptda keltirilgan ma’lumotlarda yanglishlik bo‘lishi, to‘g‘ri yozilgan taqdirda ham mahsulotlar miqdorida chalg‘ib ketish mumkin. Shu sababdan yaxshisi bir taom retseptini 2 yoki 3 manbadan ko‘rib, solishtiring. Shunda o‘zingizga to‘g‘ri keladiganini topishingiz mumkin.

Qovurish uchun bir yog‘dan foydalanish
Aksari uy bekalari asosan o‘simlik yoki zaytun yog‘idan foydalanadi ammo hamma taomga ham bu mos kelavermasligi mumkin. Ba’zi hollarda uzoq qizib ketganidan keyin yog‘ tutab toksik xususiyatga ega bo‘lishi bu esa taom mazasi o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Tanlov borasida cheklanmang, sariyog‘dan, kokos yog‘i va hatto g‘oz yog‘idan ham foydalaning.

Tovani to‘latib taom tayyorlash
Taom tayyorlash jarayoni sabrni talab qiladi. Unutmang, tovani to‘lib toshirib pishirish ovqat sifatiga ta’sir qiladi. Taomlar bir-biriga haddan ortiq yaqin bo‘lganida havo va issiqlik taqsimoti buziladi. Bu ham yetmagandek odatdagidan uzoqroq pishadi. Ovqatning yarmi bo‘tqa holiga kelib, qolgan mahsulotlar qovurilmasligi yoki pishmay qolishi mumkin. Yaxshisi ikkita tovada ikki porsiya qilib pishiring.

Ovqatni keragidan ko‘p aralashtirish
Sabrsiz uy bekasiga xos yana bir simptom ovqatni o‘z holiga qo‘ymasdan, aralashtiraverish hisoblanadi. Usti qizarib kisir-kisir bo‘lib chiqishi kerak bo‘lgan ayrim taomlarni aralashtiraverish ko‘ngildagidek chiqmasligiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Ko‘z bilan mo‘ljallash
Tarozidan foydalanmaslik yoki tuz yoki shakarni qoshiqsiz o‘lchab solishni professionallarga qo‘yib bering. Natijadan hafsala pir bo‘lgandan ko‘ra, vaqtida o‘lchab solgan yaxshi. Ayniqsa tort va pirog tayyorlashda aniqlikka amal qilish kerak. Bunda faqat porsiya emas, mahsulotlar harorati va qo‘shish ketma-ketligi ham muhim rol o‘ynaydi.

Harorat rejimiga amal qilmaslik
Taom tayyorlashdan avval mahsulotlar haroratiga e’tibor qarating. Masalan steyk tayyorlanadigan go‘shtni muzlatkichdan avvalroq olib qo‘yish kerak. Yo‘qsa, qovurish jarayoni cho‘zilishi, usti kuyib ichi xom bo‘lib qolishi mumkin. Qat-qat va qumoq-qumoq xamirli yeguliklar uchun esa mahsulotlar harorati sovuq bo‘lgani yaxshi. Boshqa xamirli taomlar uchun esa mahsulotlarni muzlatgichdan ertaroq olib qo‘ygan yaxshi.

Mahsulotlarni o‘tmas pichoq bilan to‘g‘rash
O‘tmas pichoq bilan to‘g‘ralganda mahsulotlar shakli ko‘ngildagidek chiqmasligi masalan, pomidorga o‘xshash sabzavotlar ezilib ketishi bu esa taom ta’miga ta’sir qilishi mumkin. Qolaversa, bunday pichoqdan foydalanganda o‘zingizga ham shikast yetkazishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Taom mazasiga ta’sir ko‘rsatadigan 8 xato