19:53 / 22.12.2020
3 933

Organizmning o‘ta qattiq charchaganidan darak beruvchi 5 ta belgi

Organizmning o‘ta qattiq charchaganidan darak beruvchi 5 ta belgi
Foto: OHT
Agar har kuni tongda uyg‘onish qiyin bo‘lsa va uyg‘ongandan keyin ham charchoq tuyg‘usi tark etmasa, demak, tana me’yoridan ortiq ishlagan. Bu sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy zo‘riqish yoki kuchli charchoq alomati bo‘lishi mumkin.

Doimiy stress
Ish va kundalik odatlar tufayli kelib chiqadigan stress – bu vaqti-vaqti bilan barcha duch keladigan oddiy holatga aylangan. Ammo doimiy ravishda keskinlik, asabiylik, tushkunlik kuzatilsa, bu aqliy va jismoniy tomondan kuchli charchoqqa olib keladi. Buning uchun kamida bir kun dam olish kerak. Yoki yaqinlar bilan vaqt o‘tkazish, yolg‘iz qolish, sayr qilish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, muammolar haqida umuman o‘ylamslik zarur.

Uzoq vaqt tushkunlikda qolish
Tushkunlikka tushish davrida ichkilik ichish ko‘pchilikda uchraydigan muammo. Shuningdek, shokolad va boshqa shirinliklar bilan ham tanadagi ortiqcha charchoqni yengishga harakat qilish kuzatiladi. Sababi shakar hech bo‘lmaganda vaqtinchalik «baxt gormoni» – endorfin tufayli miyaga yoqimli hislarni baxsh etadi. Biroq shirinlik iste’mol qilgandan biroz vaqt o‘tgach, yana charchoq hisi qiynashni boshlaydi. Shuining uchun bunday vaqtda shakardan voz keshish va tabiiy yo‘l bilan charchoqni bartarf qilish tavsiya etiladi.

Uyqusizlik
Uzoq vaqt uxlay olmaslik yoki uzoq vaqt uxlab, uyquga to‘ymaslik ham tananing o‘ta qattiq charchaganidan darak beradi. Buning uchun hafta oxirida dam olish yoki maxsus ta’tilni rejalashtirish zarur. Raqs va musiqa ham tananing dam olishida yaxshi yordamchi hisoblanadi.

Surunkasiga kasal bo‘lish
Haddan tashqari ko‘p ishlash tananing toliqishiga olib keladi, bu esa uning himoya funksiyalariga ta’sir qiladi. Immunitet zaiflashadi, bu ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Tana charchoq tufayli dam olishni talab qiladi va turli xil kasallikka duchor bo‘ladi. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashgan holda kerakli vitaminlarni qabul qilish kerak, ayniqsa, qish faslida tana bunga katta ehtiyoj sezadi.

Quruq lablar, nafas qisilishi va ko‘z ostida ko‘kish dog‘lar
O‘ta kuchli charchoqda ichki alomatlar bilan birgalikda tashqi belgilar ham yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Bularga doimiy ravishda quruq va yorilib turadigan lablar, ularning suvsizlanishi kiradi. Shuningdek, ko‘z ostidagi ko‘karishlar, ko‘z qizarishi ham tashqi belgilardan biridir. Yengil harakat ortidan ham nafas qisilishi kuzatiladi.

Albatta, tananing o‘ta charchashiga qarshi lablarga balzam surish bilangina kurashib bo‘lmaydi. Buning uchun vitaminlarga boy mavsumiy meva va savzavotlar iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari uyqu vaqtini boshqarishga harakat qilish, 15 daqiqa jismoniy mashqlar bajarish va tanani zo‘riqtirmaslik tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmning o‘ta qattiq charchaganidan darak beruvchi 5 ta belgi