15:04 / 25.03.2021
3 258

Quloq shang‘illashi: Koronavirusning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan simptomi ma’lum bo‘ldi

Quloq shang‘illashi: Koronavirusning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan simptomi ma’lum bo‘ldi
Foto: Freepik
Amerikalik biznesmen Keyt Teylor koronavirus keltirib chiqargan tinnitus sabab o‘z joniga qasd qildi. O‘limidan avval Keyt mazkur muammodan aziyat chekayotganlar uchun jamg‘arma tashkil qilishga ulgurgan. Bu qanday alomat va unga qarshi qanday kurashish mumkinligi haqida quyida o‘qishingiz mumkin.

Tinnitus nima?
Tinnitus eshitish bilan bog‘liq muammo sanalib, unda odamning qulog‘iga shovqin, chiyillash va boshqa takrorlanuvchi tovushlar juda ham baland va past chastotada eshitilishi, bu bir yoki har ikki quloqda kuzatilishi mumkin.

Hatto shovqinli joylarda ham quloqqa chalinishi mumkin bo‘lgan bunday sadolardan odamlar qutula olmasligi, sas hatto uyquda ham eshitilishi mumkin. Doimiy ravishda quloqdagi jaranglash bilan kechadigan tinnitus bilan yashash va unga chidash oson bo‘lmaydi.

Tinnitus yetarli darajada kam tarqalgan, ammo odatda qisqa muddat davomida kuzatiladi: sayyoradagi deyarli har o‘ninchi odam bilan hech bo‘lmaganda bir marta ushbu holat yuz bergan. Odatda bu bir necha soniyadan uzoqqa bormaydi, ikki kun davom etadigan tinnitus esa shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.

Koronavirus bilan qanday aloqadorligi bor?
Tinnitus koronavirusga xos simptomlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘rin olmaganiga qaramay, ayrimlar COVID-19 bilan zararlangandan keyin uning paydo bo‘lganini ma’lum qilgan. Teylorning o‘limidan keyin, ayniqsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kasallikdan so‘ng bir qulog‘i eshitmay qolgani, asabga tegadigan shang‘illash kuzatilgani, bir haftadan keyin o‘tib ketgani bilan baribir yoqimsiz bo‘lganini yozib qoldirgan.

Koronavirus simptomlari bilan bog‘liq tadqiqotlarda koronavirus bilan kasallangan 15 foiz odam eshitish bilan bog‘liq muammo, xususan, tinnitusdan shikoyat qilgani aniqlangan. Koronavirusgacha muammosi bo‘lganlarda esa virus bilan zararlangandan keyin ahvol yanada yomonlashgan.

Mazkur muammo koronavirus immun tizimining kuchli reaksiyasini keltirib chiqarib, miya bilan quloq o‘rtasidagi aloqa ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Emlanganlar orasida kuchli tinnitusning kuzatilishi hozircha qayd qilinmagan. AQSHning virusga qarshi emlangan katta yoshli fuqarolarida kuzatilgan, ammo yengil kechgan va tez o‘tib ketgan ushbu holatni emlanish bilan bog‘lab bo‘lmaydi.

Qanday davolash mumkin?
Uni butkul bartaraf qilib bo‘lmagani bilan shifokorlar simptomlarni yengillashtirish uchun steroidlar va yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilishni yozib berishi mumkin. Yoqimsiz tovushlarni neytrallashtirish uchun yoqimli musiqa va tovushlarni eshitish kerak. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham shifokorga borish va uning tavsiyasi asosida chora ko‘rish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quloq shang‘illashi: Koronavirusning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan simptomi ma’lum bo‘ldi