date

Bugun 14 nafar hamyurtimiz yarim finalga chiqish uchun maydonga tushishadi

Bugun 14 nafar hamyurtimiz yarim finalga chiqish uchun maydonga tushishadi

Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yurtdoshlarimiz g‘alabadan g‘alabaga erishmoqda. Kechagi dasturda ringga ko‘tarilgan 9 nafar sportchimizdan birortasi mag‘lubiyatga uchramadi va barchasi o‘z bahsini g‘alaba bilan yakunladi.

Qayd etish joizki, chorak final bosqichida birinchi bo‘lib maydonga tushgan Aziza Zokirova o‘zining germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Bu natija orqali u yarim finalga yo‘llanma olib, kamida bronza medalini qo‘lga kiritishni ta’minladi.

Shu bilan birga, bugun ringga chiqadigan vakillarimiz soni ancha ko‘p. Jami 14 nafar hamyurtimiz chorak finalda maydonga tushishadi. Ularning barchasi yuqori marralar uchun kurashga shay.

Mazkur kungi janglarda terma jamoamizdan quyidagi bokschilar qatnashadi:

-54 kg: Nigina O‘ktamova — Yoseline Perez (AQSH)

-60 kg: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grafeeva (Qozog‘iston)

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Nupur (Hindiston)

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Tady Joyse (Irlandiya)

-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Zeyad Eashash (Iordaniya)

-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozog‘iston)

-90 kg: To‘rabek Xabibullayev — Sag‘indik Tog‘ambay (Qozog‘iston)

-51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Mo‘g‘iliston)

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Jasmin (Hindiston)

-65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya)

-60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozog‘iston)

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yertug‘an Zeinulinov (Qozog‘iston)

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya)

+90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya)

Shu tariqa, terma jamoamiz bokschilarining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda va muxlislar ulardan yana yangi zafarlar kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 14 nafar hamyurtimiz yarim finalga chiqish uchun maydonga tushishadi