O'zbekistonda pensiyani oldindan hisoblash xizmati ishga tushadi

1 daqiqa o'qish396
O'zbekistonda pensiyani oldindan hisoblash xizmati ishga tushadi

O'zbekistonda 2026 yil bahoridan pensiyani oldindan hisoblash xizmati ishga tushiriladi, deb Spot.uz xabar berdi. Bu haqda 10 sentyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg'armasi ijrochi direktori Murodbek Atajonov ma'lum qildi.

Hozirda “Moya pensiya” dasturi ishlab chiqilmoqda. U pensiya yoshiga yetmagan fuqarolar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga kelajakdagi pensiya miqdori haqida oldindan ma’lumot olish imkonini beradi.

Foydalanuvchi PINFLni kiritib, OneID orqali identifikatsiyadan o‘tadi. So‘ng u haqidagi ma’lumotlar — oylik maoshi, ish staji, ta’lim davri, ayollar uchun farzandlar soni, erkaklar uchun harbiy xizmat — 26 ta idoraning ma’lumotlari bilan integratsiya qilinadi va shu asosda pensiya miqdori hisoblab ko‘rsatiladi.

Dastur fuqarolarga yoshga doir pensiya olish uchun staji yetarlimi, degan savolga ham javob beradi. Agar staj yetarli bo‘lmasa, bu norasmiy ish bozoridan chiqib, rasmiy va yuqori maoshli ishga o‘tishga rag‘batlantirishi mumkin.

“Moya pensiya” dasturining dastlabki ishga tushirilishi 2026 yil 1 sentyabrga mo‘ljallangan edi. Biroq Pensiya jamg‘armasi bu jarayonni tezlashtirib, 2026 yil aprel-may oylaridayoq ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

1993 yilda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunga ko‘ra, erkaklar 60 yoshda (25 yillik ish staji bilan), ayollar esa 55 yoshda (20 yillik ish staji bilan) pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Shuningdek, Prezidentning 2024 yil 26 iyundagi qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 dekabrdan boshlab “Moya pensiya” onlayn xizmati fuqarolarning elektron ma’lumotlariga asoslangan holda pensiya miqdorini oldindan hisoblab berishni boshlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?