16:12 / 17.07.2021
2 541

Tushkunlik xavfli kasallikka olib kelishi isbotlandi


Foto: vpravda.ru
Alsgeymer kasalligi haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ushbu sindrom o‘ta ayyor xastalik bo‘lib, insonda aqliy zaiflik, xotira pasayishi kabi belgilar kuzatiladi.

Olimlar tomonidan Alsgeymer genetik kasalliklar turkumiga kirishi aniqlangan. Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, uzoq muddat tushkunlikka yurgan odam ham ushbu dardga chalinishi mumkin.

Tadqiqotchilar uzoq yillar davomida Alsgeymerga chalingan bemorlarni nazorat qilib borishgan. Tabiiyki, bemorlarda o‘z-o‘zidan tushkunlik alomatlari kuzatiladi. Ammo olimlar tomonidan kasallik tushkunlikni emas, aksincha depressiya Alsgeymerga sabab bo‘lishi isbotlandi.

Massachusets shtati Garvard tibbiyot maktabining tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, miyadagi beta-amiloidlar darajasining ko‘payishi Alsgeymer kasalligining asosiy patologik xarakteristikasi hisoblanadi va depressiya belgilari bilan bevosita bog‘liq. Bundan tashqari, yengil tushkunlik kasallikning dastlabki klinik belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushkunlik xavfli kasallikka olib kelishi isbotlandi