Foto: Pinterest
Massaj Yunoniston, Hindiston, Xitoyda qadim davrlardanoq ma’lum bo‘lgan. Massaj so‘zi paydo bo‘lishining ikkita talqini bor: biri arabchadan «massa» ya’ni «tegish, sokin bosish», ikkinchisi yunonchadan «masso» – «qo‘llar bilan siqish» ma’nosini anglatadi.
Massaj, ya’ni uqalash – inson tanasini davolash va kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan fizioterapiya usullaridan biri.
Massaj ta’siri tana mexanizmida uchta omilni o‘z ichiga oladi:
- nero-reflektor;
- gumoral;
- mexanik.
Asab tizimi massajning insonga fiziologik ta’sirida asosiy rolni o‘ynaydi. Teri va yumshoq to‘qimalarda nerv tomirlarining oxiri, retseptorlari joylashgan. Uqalash esa retseptorlarni faollashtiradi. Paydo bo‘lgan impuls nerv tomirlari orqali markaziy nerv sistemasiga boradi va miya barcha to‘qimalarga yangi sog‘lomlashtiruvchi impuls jo‘natadi. Natijada to‘qimalarda paydo bo‘lgan faol moddalar reflektor jarayoni va bioximik reaksiyani ishga soladi.
Teri va teri osti yog‘ qatlami
Uqalash paytida teri o‘lik hujayralardan tozalanadi. Ter va yog‘ bezlarining kanallari ochilib, ishlashi yaxshilanadi. Mayda tomirlar kengayadi, qon aylanishi, metabolizm yaxshilanadi. Natijada tana ortiqcha zahardan tozalanadi va yog‘ qatlami kamayadi.
Bo‘g‘im va mushaklar
Uqalash ta’sirida mushak tolalari elastikligi va qisqarish qobiliyati oshadi, mushak atrofiyasi pasayadi. Qon aylanishi yaxshilanadi, mushak charchog‘ini ketkazadi. Uqalash mushak charchog‘ini ketkazishda dam olgandan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Bo‘g‘im va mushaklarni uqalash orqali og‘riq, chegaralangan harakat yo‘qoladi.
Asab tizimi
Asab tizimi massajni birinchilardan bo‘lib sezadi. Massajning turlariga qarab asabiy holatni kamaytirish, asabiy charchoqni ketkazib, faollashtirish, refleks reaksiyasini yaxshilash mumkin. Bu asab tizimiga xotirjamlik, osoyishtalik beradi.
Qon aylanish va limfa tizimlari
Uqalash ta’sirida qon tomirlari kengayadi, qon oqimi oshadi, a’zo va to‘qimalar oziqlanishi va kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi. Limfa oqimlarining yaxshilanishi jarohat ta’sirida paydo bo‘lgan shishlarni kamaytiradi.
Massaj amalga oshirilishi kerak bo‘lgan sharoit
Massajni havo harorati 22-24 daraja, nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan, toza, keng, yorug‘ va yaxshi havo aylanadigan xonada bajarish kerak. Yengil ovqatlanishdan 1-2 soat o‘tib, ichak bo‘shatilgandan keyin massaj olgan ma’qul. Uqalashdan keyin 15-30 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq.
Qarshi ko‘rsatmalar
Tana haroratining yuqoriligi, o‘tkir ichak kasalliklari, turli teri kasalliklari, o‘tkir infeksion kasalliklar, varikoz kengayishi, qon kasalligi, yurak o‘tkir infarkti kabi hollarda massaj tavsiya etilmaydi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi