Foto: «Domashniy ochag»
Suv – bu sayyoradagi eng muhim resurslardan biridir yoki eng muhimi desa ham bo‘ladi. Inson organizmining 80 foizi suvdan iborat. Shuning uchun ham iloji boricha ko‘proq suv ichish kerakligi tavsiya qilinadi, kuniga kamida 2 litr. Suv tavsiya etilgan me’yordan kam ichilsa, buning salbiy oqibati haqida ham bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Ammo kun davomida ko‘p suv ichilsa, bu organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Organizmning ayrim a’zolarida qancha miqdorda suv borligini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Masalan, suvning 90 foizigacha o‘pkada, taxminan 75 foizi esa miyada.
Suv ozuqa moddalarining tashuvchisi
Suv metabolizmda faol ishtirok etadi. Qon oqimi bilan birga aylanib, u oziq moddalar va kislorodni organizmning barcha a’zolari va qismlariga yetkazadi. Ya’ni uning yetishmovchiligi bilan organizm nafaqat suvsizlanishdan, balki ozuqa moddalarining yetishmasligi, shuningdek, kislorodga muhtojligidan ham azoblanadi.
Qonning 80 foizi suvdan iborat. Suvning yetishmasligi, birinchi navbatda, unga ta’sir qiladi, bu uning quyuqligini oshiradi. Albatta, bu yaxshi narsaga olib kelmaydi: tromboz, varikoz tomirlari va hatto insult hamda infarkt xavfi ortadi.
Suv toksinlarni chiqarib tashlaydi
Ter va peshob bilan orgnizmdan barcha zararli moddalar, toksinlar va shlaklar chiqariladi. Agar organizmda bular uchun yetarli suv bo‘lmasa, parchalangan mahsulotlari turg‘unlasha boshlaydi. Bu hatto zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Suv ovqat hazm qilishda ishtirok etadi
Suv ovqat hazm qilish jarayoniga to‘liq hamroh bo‘ladi. U so‘lak hosil bo‘lishida ishtirok etadi, shilliq qavatning namligi va oziq-ovqatning parchalanish sifati uning miqdoriga bog‘liq. Suv yetishmovchiligi bilan ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarish sekinlashadi, oshqozon-ichak trakti sust ishlaydi, yarim hazm bo‘lgan ovqat ichaklarda aylanib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.
Suv tanqisligining yana bir oqibati: me’da shirasi ko‘proq kislotali hamda juda konsentratsiyali bo‘ladi. Bu esa yuqori kislotali gastrit va hatto oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin
Organizmning termoregulyatsiyasi suvga bog‘liq
Suvsizlanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydigan odamlar issiqqa ham, sovuqqa ham oson toqat qiladi. Gap shundaki, suv termoregulyatsiyada ishtirok etadi, u sovuq mavsumda issiqlikni saqlab qolishga va issiqda uni yo‘qotishga yordam beradi.
Bo‘g‘imlar salomatligi uchun muhim
Artrit va artrozning rivojlanish jarayoni murakkab, lekin ko‘p jihatdan bu elementar suv tanqisligiga bog‘liq. Organizmda suv yetishmasa, u avtomatik tarzda mavjud suvni miya, qon, yurak, buyrak, jigar faoliyatiga sarflaydi.
Bo‘g‘imlarga esa suvning qolgan qismi keladi. Natijada bo‘g‘imlarning to‘qimasi elastikligini yo‘qotadi, zichlashadi, bo‘g‘imlar faoliyatida muhim bo‘lgan suyuqlik miqdori kamayadi.
Suv terini ajinlardan qutqaradi
Ushbu organ ham qoldiq prinsipiga ko‘ra suv bilan ta’minlanadi. Shuning uchun suvsizlanish kuzatiladi. Namlik miqdori yetarlicha bo‘lmagan teri tezda elastikligini, chiroyli rangini yo‘qotadi va ajinlar bilan qoplanadi.
Teridan tashqari, soch va tirnoqlar ham suv yetishmasligidan aziyat chekadi. Tirnoqlar zaif va mo‘rt bo‘ladi, sochlar rangi xiralashadi, gullaydi va to‘kiladi.
Agar kun davomida ko‘p suv ichilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Ammo hamma narsada ham o‘lchovni bilish kerak. Juda ko‘p suv va hatto tez ichish ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Buyraklar soatiga 0,8—1 litrdan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik chiqara oladi. Shuning uchun, agar qisqa vaqt ichida 3 litrdan ko‘proq ichish orqali suv zaxirasi to‘ldirilsa, organizmda haddan tashqari gipergidratsiya belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Bu vazn ortishi, shish, bosimning oshishi va eng muhim ichki organlarning: buyraklar, yurak va o‘pka faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ortiqcha suv qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklar o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydigan natriyga tegishli.
Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?
Aniq va yagona me’yor yo‘q. Chunki hammani bitta standart bilan o‘lchash mumkin emas. Bugungi kunda, diyetologlarning turli tavsiyalariga ko‘ra, suvning kunlik dozasi organizm vazniga kilogramm uchun 30 dan 50 millilitrgacha o‘zgarib turadi. Ya’ni ushbu tavsiyalar o‘rtacha hisoblansa, vazni 60 kilogramm bo‘lgan odam kuniga taxminan 2,4 litr suv ichishi kerak. Erkaklar kuniga 2,5—3,7 litr, ayollar esa 2—2,7 litr suv ichish tavsiya etiladi.
Organizmga suv yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eng oddiy va tabiiy ko‘rsatkich chanqoqlikdir. Bu organizmda eng qimmatli manba kamligini tushunish uchun yetarli. Ammo shuni bilish kerakki, tashnalik organizmning taxminan 1-2 foiz namlikni yo‘qotganda kuzatiladi va bu suvsizlanishning birinchi belgisi hisoblanadi.
Organizmdan 2 foiz suyuqlik yo‘qolganda, odamda kuchli chanqoq paydo bo‘ladi, 10 foizgacha yo‘qotishda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin, 12 foiz yo‘qotish bilan shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.
Suvsizlanishning asosiy belgilari: peshobning qorayishi va uning kunlik hajmining pasayishi, bosh og‘rig‘i, charchoq va holsizlik, og‘iz qurishi va teri qurishi, yurakning tez urishi va qon bosimining pasayishi.
Suv ichish istagi bo‘lmaganda ham ichish kerakmi?
Albatta, kerak, tashnalik organizm suvsizlanishining birinchi darajasi haqida signaldir. Agar jismoniy ish qilinsa, ko‘p yurilsa va doimiy stress bo‘lsa, ko‘proq suv ichish kerak.
Nonushtadan 30 daqiqa oldin kunni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash tavsiya etiladi. Kun davomida suvni asta-sekin, kichik qultumlarda ichish lozim. Lekin yotishdan oldin to‘xtatish kerak. Bu vaqtda limfa tizimining aylanishi sekinlashadi, suyuqlik turg‘unlashadi, ertalab shish bilan uyg‘onish xavfi mavjud. Shuningdek, diyetologlar iliq suv ichishni maslahat beradi. U sovuq suvga qaraganda ancha yaxshi so‘riladi. Organizm uni singdirish uchun kamroq energiya sarflaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!