Soch oqarishining oldini olish mumkinmi?

2 daqiqa o'qish2K
Soch oqarishining oldini olish mumkinmi?
Foto: Adobe Stock
Soch oqarishi aslida irsiy jarayon hisoblanadi, ammo u tashqi ta’sirlar sababli yuzaga kelsa, buning oldini olish mumkin. Sochga oq tushishining «fiziologik» ko‘rinishi odatda 50-55 yoshga to‘g‘ri keladi. Bu sochni tabiiy rang bilan ta’minlaydigan melanin ishlab chiqaradigan melanotsit hujayralari funksiyasining zaiflashishi bilan bog‘liq.

Agar oq tolalarning paydo bo‘lishi erta (20-30 yoshda) boshlansa, nafaqat melanotsitlarning faolligi pasayishiga, balki ularning nobud bo‘lishiga olib keluvchi bir nechta omillar ham borligidan darak beradi:
- surunkali stress;
- surunkali infeksiya o‘choqlari;
- qalqonsimon bez;
- gipofiz bezi;
- oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
- temir tanqisligi;
- autoimmun kasalliklar;
- qon aylanishining buzilishi;
- noto‘g‘ri ovqatlanish;
- vitaminlar yoki mikroelementlar yetishmasligi;
- noqulay muhit;
- yomon odatlar va boshqalar.

Oq sochlardan xalos bo‘lishning eng tez va samarali usuli — sochlarni bo‘yashdir, ammo afsuski, tez-tez foydalanish kerakligi tufayli mazkur protsedura sochlar go‘zalligi va holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tibbiyot fanlari nomzodi, kosmetolog, trixolog, dermatolog Yekaterina Yuriyevna Pashchenko sochga oq tushishining oldini olishning muqobil usullari haqida ma’lumot beradi.
Soch oqarishining oldini olish mumkinmi?
Foto: Adobe Stock
Yuqori sifatli va to‘yimli ovqatlanish — oziq-ovqat bilan birga zarur mikroelementlar va ozuqa moddalarini yetarli darajada iste’mol qilish juda muhimdir. Ratsioningizga yetarli miqdorda protein, kalsiy, rux, mis, selen, B vitaminlari, beta-karotinni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlarni kiriting: dengiz o‘tlari, yong‘oqlar, funduq, bargli sabzavotlar, dukkaklilar, tuxum, tvorog, brokkoli, jigar, sitrus mevalari, olma, rezavorlar va boshqalar. Bundan tashqari, yetarli miqdorda omega kislotalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar — zaytun moyi, baliq yog‘i, baliqning ba’zi turlari ham foydalidir.

Ichimlik rejimi — suyuqlikning yetarli emasligi metabolik jarayonlarni va muhim oziq moddalarning so‘rilishini sekinlashtiradi. Shuning uchun kuniga kamida 1,5-2 litr toza suv ichishga odatlaning. O‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish yashirin kasalliklarni aniqlashga va mutaxassis nazorati ostida kerakli davolanishga yordam beradi. Stressdan iloji boricha xalos bo‘lishga harakat qiling. Kerak bo‘lsa, psixolog yoki psixoterapevtdan yordam so‘rang.

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiling — toza havoda tez-tez sayr qiling (kuniga 2-3 soat), yomon odatlardan (chekish, spirtli ichimliklar) voz keching.

Uyda mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydigan terini parvarish qilish mashqlarini bajaring, masalan, kuniga 3-5 daqiqa davomida bosh terisini massaj qiling.

Kastor yog‘i, qalampir damlamasi va B vitaminlari asosida tayyorlangan o‘simlik niqoblaridan foydalaning — ular mikrosirkulyatsiyani rag‘batlantiradi, kastor yog‘i esa tabiiy pigment ishlab chiqarishga yordam beradi.

Melanin (sistein va tirozin kabi) sintezi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar va aminokislotalarni o‘z ichiga olgan B, C, A vitaminlariga asoslangan farmatsevtik preparatlarni sinab ko‘ring — barcha dorilar faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Oltingugurt, biotin, inositolni o‘z ichiga olgan losyonlardan foydalaning — ularning barchasi melanin ishlab chiqarishni tiklaydi va oq sochlarni kamaytirishga yordam beradi.

Muhim mikroelementlar va vitaminlarni o‘z ichiga olgan bosh terisi uchun mezoterapiya kursiga qatnashing — bu ham sochlarning erta oqarib ketishining oldini olishning ajoyib usuli.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?