Foto: Pinterest
Hozirda nafaqat yoshi kattalar, balki yoshlar orasida ham xotira borasida muammolar paydo bo‘lmoqda. Ammo ularni vaqtida bartaraf etishga yordam beradigan bir qancha foydali odatlar ham mavjud.
Doimiy ravishda yangi narsalarni o‘rganish
Bu oddiy tuyilishi mumkin, lekin miya uchun o‘rganishdan ko‘ra yaxshiroq faoliyat yo‘q. Yangi ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘rganish jarayonida miyada yangi neyron aloqalar shakllanadi, bu xotira uchun ham muhimdir. Hamma narsani o‘rganish mumkin: xitoy tilidan tennis o‘ynashgacha. Asosiysi, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni olish va qayta ishlash. Ijodiy qobiliyatlarni o‘zlashtirish ham xotirani yaxshilashga yordam beradi. Aslida nima kerakligini o‘ylab ko‘rish lozim. Grafik chizish texnikasimi yoki kulol g‘ildiragida ishlashmi? Yangi ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.
Kundalik yozishni odatga aylantirish
Agar faqat bolalikda kundalik tutgan bo‘lsangiz, yana bu odatga qaytish vaqti keldi. Fikrlarni shakllantirish va ularni yozma ravishda ifodalash qobiliyati umuman hayotda foydalidir, shuningdek, bu miya uchun ajoyib mashqdir. Har kunning voqealarini, ko‘rgan filmlar va kitoblardan olgan taassurotlarni, ajoyib biznes g‘oyalarni va xayolga kelgan boshqa narsalarni yozishi mumkin. Fikrlarni atrofdagilar bilan baham ko‘rishni xohlovchilar chiroyli daftarda yoki kompyuterda yoki hatto Instagram’ga post joylashi mumkin. Chalkashtirmaslik kerak: telefondagi eslatmalarga bir nechta jumlalarni yozish va kundalik yozish ikki xil narsadir. Tinch o‘tirish, diqqatni jamlash va tushunarli izchil matnni tuzish juda muhim, faqat shu yondashuv miya faoliyatini oshirishga va xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ratsiondagi sog‘lom yog‘lar nazorati
Balansli ovqatlanish nafaqat miyaning, balki butun organizmning ishlashi uchun muhimdir. Biroq yog‘larga juda muhtoj bo‘lgan ham aynan shu organ. Albatta, miya oqsil va uglevodlar tufayli ham yaxshi ishlaydi, lekin unchalik samarali emas. Miyaning ishlashiga va kognitiv qobiliyatlarga haqiqatan ham ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy va eng samarali moddani olimlar omega-3 yog‘ kislotalari deb atagan. Ular miya hujayralarida membranalarni qurish, shuningdek, yallig‘lanish reaksiyalarining oldini olish va oksidlovchi stressni kamaytirish uchun zarurdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, omega-3 yog‘ kislotalarining yetishmasligi yosh bilan kognitiv hamda xotira qobiliyatining keskin pasayishi xavfi bilan bog‘liq.
Omegalar oziq-ovqatdan kerakli miqdorda olish oson bo‘lgan moddalar qatoriga kiradi, shuning uchun shifokordan maslahat olishning keragi yo‘q. Ratsionda yog‘li baliq, yong‘oq, urug‘lar, avokado va zaytun moyi bo‘lishi lozim. Vegetarianlar uchun ushbu ro‘yxatning o‘simlikka asoslangan komponenti ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Xalqaro moliya bozori sharhi...