09:00 / 25.09.2023
98

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Saudiya Arabistoniga eksporti oshiriladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Saudiya Arabistoniga eksporti oshiriladi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi Mintaqaviy va xalqaro aloqalar direktori Xalil al-Afra bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qilish, ikki davlat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va tashriflar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat Savdo sanoat palatalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish masalalariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Saudiya Arabistoniga eksporti oshiriladi