Xorijdagi talabalarga O‘zbekiston brendi uchun grant beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chet ellarda o'qiyotgan o'zbekistonlik yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekistonning turistik va eksport salohiyatini targ'ib qilish uchun maxsus grantlar berilishini ma'lum qildi. Yangi tashabbus 150 mingdan ortiq xorijiy oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlarni qamrab olib, ular yashayotgan mamlakat bozorini tahlil qiladi va mahalliy mahsulotlarni tanishtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning turistik va eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Tashabbus xorijiy oliygohlarda tahsil olayotgan 150 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talabani qamrab olishi kutilmoqda.
Yangi dastur doirasida yoshlar O‘zbekiston tarixi, madaniyati va sayyohlik imkoniyatlari haqida xorijiy tillarda raqamli materiallar tayyorlaydi. Bu ishlar uchun har yili 20 milliard so‘m ajratiladi.
Xorijda o‘qiyotgan talabalarga o‘zi yashayotgan mamlakat bozorini tahlil qilish, O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlarini taqdim etish va mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish uchun grantlar beriladi.
Shu orqali chet tillarini biladigan 650 ming nafar yoshning bilim va imkoniyatlarini daromad manbaiga aylantirish, ularni O‘zbekistonning xorijdagi norasmiy elchilari sifatida jalb qilish maqsad qilingan.
Dastur talabalarga o‘qish davomida qo‘shimcha daromad topish imkonini beradi. Ular tahsil olayotgan davlatlarda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va mahsulotlarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.































Izohlar 0
…