
Amerika dollari qiymatining pasayishi O'zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli darajada tejamkorlik olib keldi. Bu haqida 24-oktabr kuni Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov ma'lum qildi. 
Uning so'zlariga ko'ra, davlat tashqi qarzlarini xizmat ko'rsatishda 1,3 trillion so'm, korporativ sektor majburiyatlarida esa 3,6 trillion so'm tejashga erishilgan. Umuman olganda, milliy valyuta kuchayishi natijasida iqtisodiyotga 4,9 trillion so'm foyda keltirilgan. 
Timur Ishmetov o'z chiqishida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishining ijobiy ta'sirlarini batafsil tushuntirdi. Jumladan, bank tizimida muomaladagi so'm hajmi o'tgan yilga nisbatan 34 foizga o'sib, 271 trillion so'mga yetgan. 
Shuningdek, inflyatsion kutilmalar pasayishi kuzatilmoqda. Joriy yil boshida 14-15 foiz bo'lgan inflyatsion kutilmalar hozirgi kunga kelib 12 foizga tushgan. 
Valyuta kursidagi o'zgarishlarga bog'liqlik esa ikki barobar kamaygan. Moliyaviy tizimning dollarizatsiya darajasi ham pasaymoqda. 
Kredit portfellarda dollarizatsiya darajasi 41 foizdan 37 foizga, depozitlarda esa 26 foizdan 23 foizga tushgan. Import tovarlari narxlari o'sish sur'ati ham sekinlashib, 6,1 foizni tashkil etgan. 
Tashqi savdo tuzilmasini tahlil qilganda, eksportning taxminan 15 foizi ($3 milliard) va importning 40 foizi ($14 milliard) valyuta kursi dinamikasiga bog'liq. Eksport ko'rsatkichlariga valyuta kursidan tashqari xalqaro bozorlar narxlari, ishlab chiqarish samaradorligi, tarif va notarif to'siqlar hamda raqobat muhiti kabi omillar ta'sir ko'rsatmoqda. 
Markaziy bank rahbari valyuta kursi bo'yicha aniq maqsad yoki ko'rsatkichlar belgilamasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, kurs bozor tamoyillari asosida shakllanadi va fundamental iqtisodiy omillar ta'sirida o'zgaradi. 
Joriy yilning dastlabki to'qqiz oyida so'm AQSh dollariga nisbatan 6,6 foizga mustahkamlandi, bu esa 852 so'mlik kuchayishni anglatadi. Mustahkamlanishning katta qismi sentyabr oyiga to'g'ri kelgan. 
Iqtisodchi Mirkomil Xolboevning fikricha, so'mning sentyabrdagi kuchayishi rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng sezilarli natijalardan biri bo'ldi. Ekspertlar bu holatni dollarning global zaiflashuvi, oltin eksportining oshishi va barqaror pul o'tkazmalarining ko'payishi bilan bog'lashmoqda. 
Bundan oldin, xalqaro valyuta jamg'armasi O'zbekiston Markaziy bankiga valyuta kursining moslashuvchanligini oshirish va uning kengroq diapazonda o'zgarishiga ruxsat berishni tavsiya qilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, bu qadam mamlakat iqtisodiyotining tashqi zarbalarga samarali qarshilik ko'rsatishini va pul-kredit siyosatining samaradorligini oshiradi. 
Hukumat ushbu tavsiyalarni ijobiy qarshilagan. Shu bilan birga, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Abdulla Abduqodirov milliy valyuta kursini "bozor tamoyillariga mos emas" deb baholadi. 
Uning so'zlariga ko'ra, oltin eksporti mamlakat eksportining 38 foizini tashkil etadi va bu milliy valyuta kursini oltin savdosidan tushgan daromad hisobiga qo'llab-quvvatlayotganini ko'rsatadi. Mutaxassis O'zbekiston mahsulotlarining tashqi bozorlar raqobatbardoshligi pasayishi ehtimolidan xavotir bildirdi. 
Milliy valyuta mustahkamlanishi iqtisodiyotga 5 trillion so'm olib keldi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 