Sinoptiklar 9-11 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9-10 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11 oktyabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +25...+30 daraja; 10 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja; 11 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-10 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11 oktyabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +24...+29 daraja; 10 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +25...+30 daraja; 11 oktyabrda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 10-11 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-10 oktyabrda +10...+15 daraja, 11 oktyabrda +12...+17 daraja, kunduzi 9 oktyabrda +24...+29 daraja, 9-10 oktyabrda +27...+32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 9 oktyabrda +22...+27 daraja, 10-11 oktyabrda +24...+29 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 9 oktyabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja, 10-11 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Andijon ob havo, Qarshi obhavo, Navoiy ob havo, Samarqand ob havo “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring