date
views 119

Qamchiq dovonida qor yogʻmoqda (video)

Qamchiq dovonida qor yogʻmoqda (video)
Qamchiq dovonida havo bulutli boʻlib, harorat 0 darajaga tushgan. Bu haqda “Qamchiqavtoyoʻl IYFK” davlat muassasasi xabar berdi.

Aytilishicha, dovonning ba'zi joylarida yomgʻir yogʻmoqda, ba'zi joylarida esa yomgʻir qorga aylangan.

Ayrim joylarda tuman, havo harorati 0 darajani tashkil etmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda, deyiladi muassasasi axborotida.

Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me'yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini tavsiya qilingan.

Avvalroq Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib kelgani, 14—15 oktyabr kunlari antitsiklon mamlakatning barcha hududlariga ta'siri boʻlishi xabar qilingan edi.

Unga koʻra, Respublika boʻyicha ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli saqlanib turadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat