Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib, navbatdan tashqari arab-islom sammitida qatnashdi. Ar-Riyod shahrida o‘tgan xalqaro tadbirda Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Afrika qit’asining yetakchi mamlakatlaridan davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.
Kun tartibidagi asosiy masala – G‘azo va Livandagi keskinlikni yumshatish, yuzaga kelgan inqirozli vaziyatni tez fursatda siyosiy yo‘l bilan hal etish. 2023 yildagi shunday yig‘ilishdan keyin urush ko‘lami yanada kengayib, Livan hududini ham qamrab oldi. Yig‘ilgan siyosatchilar bundan afsusdaligini bildirgan, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash va tinchlik muzokaralarini boshlash chaqiriqlari yangragan.
Prezident Mirziyoyev ham o‘z nutqida yana bir bor Falastin–Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga chorlab, falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston o‘z kasalxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
Falastin xalqi 1967 yilgi chegaralarda poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlat tuzishga haqli, deya ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tuzilgan ikki davlat yechimi uchun global alyans faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Falastin va Livan hududidagi gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu bilan birga BMT maxsus agentligi doirasida yordam ko‘lamini kengaytirishni taklif etdi.
O‘zbekiston Falastin xalqiga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda o‘tishi belgilangan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilmoqchi.
Muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda ularning beshikast saqlab qolinishi muhim, deydi Mirziyoyev.
So‘zi yakunida prezident bu uchrashuv shunchaki rasmiyatchilik emas, balki Yaqin Sharq muammosini hal etishda katta qadam bo‘lishiga umid bildirdi.
Sammit qatnashchilari mojaroning siyosiy-diplomatik yechimini jadal izlashga sodiqligini tasdiqlovchi qo‘shma rezolyutsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ham Yaqin Sharqdagi nizoga to‘xtalgandi. Davlat rahbari G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech nima bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidlagandi.
O‘zbekiston rahbari o‘tgan oyda Rossiyaning Qozon shahrida o‘tgan “BRIKS+” sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat kundan kunga keskinlashib borayotganidan xavotir bildirgandi. Qo‘shni mamlakatlar va yirik davlatlarning bu mojaroga tortilishi bilan mintaqa global inqirozning yirik o‘chog‘iga aylanib bormoqda, degandi Shavkat Mirziyoyev Qozondagi xalqaro sammitda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi