Bloger Kokosh, Barchin G‘ofurova va Nihola Rajabova qamoq jazosiga hukm qilindi (video)

1 daqiqa o'qish40
Bloger Kokosh, Barchin G‘ofurova va Nihola Rajabova qamoq jazosiga hukm qilindi (video)

Toshkentda bloger Kokosh nomi bilan tanilgan Komila Abduqodirova, Barchin G‘ofurova hamda Nihola Rajabovaga nisbatan chiqarilgan sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi qaroriga ko‘ra, uchala ayol ham bir nechta modda bo‘yicha aybdor deb topildi.

Mazkur mojaro 2025 yil aprel oyida boshlangan. O‘sha vaqtda bloger Kokosh oshqozonini kichraytirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazganidan keyin uning ahvoli yomonlashgani ortidan klinika va jarroh bilan bog‘liq kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro davomida operatsiyani amalga oshirgan jarrohdan 35 ming dollar talab qilingan.

Sud hukmiga muvofiq, Komila Abduqodirova, Barchin G‘ofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 139-moddasi 2-qismi hamda 140-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Natijada Komila Abduqodirovaga 3 yil 6 oy, Barchin G‘ofurovaga 4 yil, Nihola Rajabovaga esa 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?