Qo‘qonlik tabib Jaloliddin Masharipovni “davoladi”mi? (video)

1 daqiqa o'qish5
Qo‘qonlik tabib Jaloliddin Masharipovni “davoladi”mi? (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov bilan qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev o‘rtasidagi uchrashuv aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Lavhada tabib futbolchining boshi va yelka qismiga qo‘llari bilan ta’sir o‘tkazayotgani ko‘rinadi. Seansdan so‘ng Masharipov o‘zini biroz yaxshiroq his qilayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida bel qismidagi muammolar sabab milliy terma jamoaning yakuniy tarkibidan chiqarilgan edi. O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, MRT tekshiruvida unda umurtqalararo disk churrasi qayta zo‘raygani aniqlangan.

Masharipov avvalroq ushbu muammo 5–6 yildan beri borligini aytgan. U 2026 yil iyun oyida o‘zini yaxshi his qilayotganini va tiklanish jarayoni davom etayotganini bildirgan.

Ta’kidlash joizki, tabib bilan o‘tkazilgan seans futbolchining umurtqalararo disk churrasi davolanganini anglatmaydi. Muolajaning samarasi yoki futbolchining sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar haqida hozircha tibbiy xulosa e’lon qilinmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?