20:03 / 02.12.2024
13

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Delegatsiyaga «Tolibon» bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-Salom Hanafiy boshchilik qilmoqda. Shuningdek, delegatsiya tarkibida Bosh vazir devoni rahbari Abdul-Vasi, Balx gubernatori Muhammad Yusuf Vafo va elchi Abdul-G‘ofar Bahra Tiraviylar bor.

«Tolibon»ning rasmiy press-relizida tashrifdan ko‘zlangan maqsad diniy va tarixiy aloqalar hamda konchilik, savdo, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit sohalarida hamkorlikni rivojlantirish haqida umumiy so‘zlar keltirilgan.

O‘zbekiston tomoni hozircha tashrif bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Afg‘oniston OAVlari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, delegatsiyani aeroportda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovlar kutib olgan.

Delegatsiya Buxoro shahrida mehmon bo‘lishgan.

«Afg‘oniston Islom Amirligi Bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashdi, mamlakatning madaniy va tarixiy obidalarini ziyorat qildi», – deyiladi mahalliy OAVlarning birida.

Abdul-Salom Hanafiy, shuningdek, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan ham uchrashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi