
2024 yilda Oʻzbekistonda 4906 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023 yilga (3575) nisbatan 37,2 foizga koʻpdir, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari soni 3821 tani tashkil etdi, bu 2023 yilga (3412) nisbatan 12 foizga koʻp.
Sudlanganlarning 71 nafari (2023 yildagi 49 ga nisbatan, +44,9%) vazirlik, idoralar va tashkilotlarning respublika boshqarmalari xodimlari hisoblanadi, 410 nafari (267, +53,6%) — viloyat, 4425 nafari (3259, +35,8%) — tuman (shahar) boshqarmalari.
Mansabdorlar quyidagi turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortildi:
- oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish — 2929 (2023 yilda — 2205, +32,8%);
- pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish — 353 (195, +81%);
- firibgarlik — 447 (272, +64,3%);
- mansab vakolatini suiiste'mol qilish — 226 (397, -43%);
- mansab soxtakorligi — 13 (36, -68,9%);
- mansabga sovuqqonlik bilan qarash — 40 (25, +60%);
- mansab vakolati doirasidan chetga chiqish — 13 (30, -56,7%);
- boshqa jinoyatlar — 885 (415, +2,1 baravar).


Mansab suiiste'molligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga etkazilgan zarar 2,3 barobar — 1,55 trillion soʻmdan 3,61 trillion soʻmga (taxminan $278,5 million) oshgan. Dastlabki tergov davomida 2 trillion 343 milliard soʻm (1,31 trillion soʻm) undirilgan. Shu bilan birga, qoplangan zarar ulushi 65 foizni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan (84,7 foiz) kamroq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar