date

JSST O‘zbek onasi va bolasiga bag‘ishlangan muralni taqdim etdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) «Kelajak salomatligi» nomli muralni taqdim etdi. Ushbu mural o‘zbek onasi va bolasiga bag‘ishlangan bo‘lib, 7-noyabr kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mural Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – ona va bola salomatligini muhofaza qilish markazi devorida joylashgan. Mazkur ochilish JSSTning «Sog‘lom hayot boshlanishi – farovon kelajak garovi» kampaniyasini yakunlash doirasida amalga oshirildi.

Ushbu mural onalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan. «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish – bu faqat tibbiyot muassasalarining emas, balki butun mamlakat va jamiyatning ustuvor vazifasidir», – dedi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxonova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » JSST O‘zbek onasi va bolasiga bag‘ishlangan muralni taqdim etdi