date

Jimmi Kabo Pogbaning mukofotini adolatsiz deb hisoblaydi

Jimmi Kabo Pogbaning mukofotini adolatsiz deb hisoblaydi

Fransiyaning sobiq futbolchisi Jimmi Kabo Globe Soccer Awards tashkilotchilarini tanqid qildi. Uning e'tiroziga sabab — «Eng yaxshi qaytish» nominatsiyasidagi sovrin fransuz yarim himoyachisi Pol Pogbaga berilgani. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kabo fikricha, Pogba bu mukofotga loyiq emas va mukofot boshqa futbolchilarning yanada og'ir sinovlardan keyingi qaytishini inobatga olmagan.

U misol sifatida Matyo Yudolni keltirdi: futbolchi to'rt marta tizza payi (xochsimon bog'lam) jarohatini boshdan kechirgan bo'lsa-da, qishki tanaffusga qadar «Lans»ning asosiy tarkibiga qaytgan. Shuningdek, Nabil Bentaleb yuragi to'xtab qolishi tufayli bir necha oy maydondan chetda bo'lib, keyin «Lill» safida qaytib kelib, g'alaba golini urganini eslatdi. Kabo so'zlarini L’Equipe nashri keltirdi.

«Yuventus» va «Manchester Yunayted»dagi o'yinlari bilan tanilgan Pogba esa doping bilan bog'liq muammolar sabab 1,5 yil futbolsiz qoldi. 2025 yil yozida u «Monako» bilan shartnoma imzoladi va noyabr oyida ilk bor maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jimmi Kabo Pogbaning mukofotini adolatsiz deb hisoblaydi