date

Atletiko tarixidagi eng uzoq kapitan Enrike Kollar vafot etdi

Atletiko tarixidagi eng uzoq kapitan Enrike Kollar vafot etdi

Madridning «Atletiko» klubi sobiq futbolchisi va uzoq yillar sardorlik qilgan Enrike Kollar vafoti haqida qayg‘u bilan xabar berdi. U 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kollar 1960–1969 yillarda jamoa sardori bo‘lgan va bu «Atletiko» tarixidagi eng uzoq davom etgan kapitanlik muddati sifatida qayd etiladi.

U klub safida 16 yil davomida 470 ta uchrashuvda maydonga tushib, 105 ta gol urdi. Enrike Kollar hanuzgacha «Atletiko» tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligidan joy olgan.

Futbolchi 1970 yilda faoliyatini yakunlagan, shuningdek «Kadis», «Mursiya» va «Valensiya» kabi jamoalarda ham to‘p surgan. Ispaniya terma jamoasi bilan esa 1964 yilda Yevropa chempioniga aylangan — finalda ispaniyaliklar SSSR terma jamoasini mag‘lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko tarixidagi eng uzoq kapitan Enrike Kollar vafot etdi