date

Tibo Kurtua dekabr oyida Realning eng zo'r futbolchisi bo'ldi

Tibo Kurtua dekabr oyida Realning eng zo'r futbolchisi bo'ldi

Madridning “Real” klubi dekabr oyi yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Klub muxlislari tanlovi bo'yicha bu sovrin belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuaga nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomoshabinlar ovoz berishida 33 yoshli posbon Jud Bellingem, Antonio Ryudiger, Orelien Tchuameni hamda Rodrigoni ortda qoldirdi.

Joriy mavsumda Kurtua “Real” safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

La Liganing 18-turidan so'ng “Real” 42 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Madridliklar 4 yanvar kuni “Betis”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tibo Kurtua dekabr oyida Realning eng zo'r futbolchisi bo'ldi