date

Berluniy mukofoti ilk sovrindorlari aniqlandi


6-noyabr kuni Samarqandda sun'iy intellekt etikasi sohasidagi tadqiqotlar uchun Beruniy nomidagi UNESCO-O'zbekiston xalqaro mukofotining ilk sovrindorlari e'lon qilindi. Ushbu mukofot 2023-yilda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta'sis etilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi sun'iy intellektni etika, inson huquqlari va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlantirayotgan olimlarni qo'llab-quvvatlashdir.

Ilk mukofot sohiblari braziliyalik professor Virjilio Augusto Fernandes de Almeyda, fransiyalik professorlar Syuzan Perri va Klaudiya Roda, shuningdek, Xitoyning Tsingxua universiteti olimlari Lan Syue, Chjen Lyan va Tsyan Syao bo'ldi. Mukofot topshirish marosimi UNESCOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida o'tkazildi.

Tadbir munosabati bilan The UNESCO Courier jurnalining maxsus soni ingliz va o'zbek tillarida chop etildi. Ushbu son buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosiga bag'ishlangan bo'lib, UNESCOning raqamli kutubxonasiga kiritiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Berluniy mukofoti ilk sovrindorlari aniqlandi