
Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Goretzka faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
30 yoshli futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi olti oydan keyin yakuniga yetadi va klub unga yangi bitim taklif qiladimi-yo'qmi, hozircha noma'lum. Jurnalist Fernando Poloning xabariga ko'ra, Goretzka yaqinda «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikka xat yozib, joriy mavsum tugaganidan so'ng hamyurti qo'l ostida yana ishlashdan mamnun bo'lishini bildirgan. Biroq bu variant kataloniyaliklar ustozi va klub rahbariyati uchun qanchalik qiziq ekani hozircha ochiqlanmagan.
Goretzka va Flik avval «Bavariya» hamda Germaniya terma jamoasida birga ishlagan. Transfermarkt portali Leonning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.