date

Espanyol Barselona bilan derbi oldidan muxlislarni ogohlantirdi

Espanyol Barselona bilan derbi oldidan muxlislarni ogohlantirdi

"Espanyol" klubining ma’lum qilishicha, "Barselona"ga qarshi o‘yin chog‘ida stadionda qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Klub har ikki darvoza ortiga himoya to‘rlari o‘rnatilishini bildirdi. Bu qaror "Barselona" darvozaboni Joan Garsiya tomonga begona buyumlar uloqtirilishi ehtimolining oldini olish uchun qabul qilingan. Golkiper uchun bu bahs yozgi transferdan keyin "Espanyol"ga qarshi ilk o‘yin bo‘ladi.

Shuningdek, arena kirish joylarida tekshiruvlar kuchaytiriladi. Cheklovlar, xususan, katta sumka va ryukzaklarga ham taalluqli bo‘ladi. "Espanyol" alohida ta’kidlab o‘tdiki, stadionga "Barselona" atributikasi bilan kelgan tomoshabinlar kiritilmaydi.

Klub bayonotiga ko‘ra, mehmonlar jamoasi ramzlari tushirilgan kiyim yoki belgilarga ega bo‘lgan shaxslar uchun tribunaga kirish yopiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Espanyol Barselona bilan derbi oldidan muxlislarni ogohlantirdi