
“Roma”ning sobiq futbolchisi, braziliyalik himoyachi Kafu klubning amaldagi bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini ishini juda yuqori baholadi. Mutaxassis jamoani “Atalanta”dagi muvaffaqiyatli davridan so‘ng qabul qilib olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kafuning fikricha, Gasperini Italiyadagi eng yetuk murabbiylardan biri. “Roma” uni taklif qilish orqali so‘nggi yillardagi eng yaxshi tanlovlardan birini amalga oshirdi va natijalar ham ko‘rina boshladi: jamoa aniq o‘sish yo‘lida”, — deya Kafuning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Kafu 1997–2003 yillarda “Roma” safida to‘p surgan, keyin esa “Milan”ga o‘tgan. U Braziliya terma jamoasi bilan ikki bor jahon chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.