date

Emmeri «Arsenal»ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi

Emmeri «Arsenal»ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi

«Aston Villa»ning g'alabali yurishi «Emireyts» stadionida «Arsenal»ga qarshi o'yinda 1:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan to'xtadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birmingem klubi barcha musobaqalarda ketma-ket 11 ta uchrashuvda zafar quchib, APL jadvalida «kanonirlar»ga juda yaqinlashgandi. Biroq London safarida kutilgan senzatsiya yuz bermadi.

«Futbol — bu hozir va shu dam. Avvalgi natijalarimiz juda ajoyib edi. Balki bugun turnir jadvalidagi o'rnimiz sababli hammamizdan ko'proq narsa kutilgandir, lekin hozir eng muhimi — bo'lib o'tganini tahlil qilish», dedi «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emmeri.

19 turdan so'ng «Aston Villa» 39 ochko bilan uchinchi pog'onani saqlab qoldi. «Arsenal» esa 45 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emmeri «Arsenal»ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi