
Braziliya futboli afsonasi Kafu sobiq jamoasi «Milan»ni skudetto uchun haqiqiy da’vogar deb hisoblaydi. Intervyu chog‘ida undan «Milan»ning chempionlik poygasidagi eng xavfli raqibi kimligi so‘raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kafuning fikricha, Italiyada chempionlik uchun kurash keskin kechadi va hozirgi uch yetakchi jamoaning har biri sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Shunga qaramay, u «Roma»ni ham e’tibordan chetda qoldirmaslikni tavsiya qildi, shuningdek, «Yuventus» ham Spalletti qo‘l ostida tobora formaga kirib borayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Kafu A Seriyada aynan «Roma» va «Milan» safida to‘p surgan, Italiyadagi faoliyati jami 11 yilni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.