date

Ter Shtegen uchun olti klub transfer imkoniyatini o'rganmoqda

Ter Shtegen uchun olti klub transfer imkoniyatini o'rganmoqda

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"da asosiy darvozabon maqomini yo'qotdi va yaqin kelajakda ijara asosida boshqa jamoaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, 33 yoshli posbon hozirda olti klub e'tibor markazida. Ro'yxatda "Bavariya", "Jirona", "Tottenhem", "Aston Villa", "Yuventus" va "Chelsi" bor.

Transfermarkt portali ter Shtegenning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq ter Shtegenning "Barselona"dagi kelajagi bo'yicha bir variant ikki shartdan biriga bog'liq ekani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ter Shtegen uchun olti klub transfer imkoniyatini o'rganmoqda