date

Qozog'iston prezidenti O'zbekistonga tashrif buyuradi


Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev 14–16-noyabr kunlari O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keladi. Tashrif doirasida O'zbekiston va Qozog'iston rahbarlari ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya ta'kidlandi Prezident matbuot xizmatida.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari savdo, energetika, transport va qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, Mirziyoyev va To'qayev mintaqaviy dolzarb masalalarni ham ko'rib chiqishadi.

Tashrif doirasida xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazining ochilishi va strategik hamkorlikni kuchaytirishga oid hujjatlar to'plami imzolanishi ham rejalashtirilgan. Prezident To'qayev shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog'iston prezidenti O'zbekistonga tashrif buyuradi