
Toshkentda uy hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun pul talab qilgan kadastr xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat Kadastrlar palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali xodimi mazkur tumanda joylashgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr xodimi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.