
Amerikalik tarjimon va sharqshunos Mark Ris 15 yil davomida ishlagan "O‘tgan kunlar" romanining tarjimasi uning ruxsatisiz internetda joylashtirilganini ma'lum qildi. Ushbu holatdan so‘ng Adliya vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tekshiruv o‘tkazdi.
Tekshiruv davomida asar to‘liq elektron formatga o‘tkazilib, muallifning roziligisiz va shartnomasiz unilibrary.uz saytiga yuklanganligi aniqlandi. Sud mas'ul xodimga 2,06 million so‘m miqdorida jarima tayinladi.
Asarning elektron nusxasi saytdan olib tashlandi. Universitetda kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun mualliflik huquqlariga rioya qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tarjimonga qonun bo‘yicha 20 dan 1000 gacha bazaviy hisoblash miqdorida (8,24 milliondan 412 million so‘mgacha) kompensatsiya talab qilish huquqi tushuntirildi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.