date

Gvardiola Manchester Sitidagi jarohatlar sababini ochiqladi

Gvardiola Manchester Sitidagi jarohatlar sababini ochiqladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada jarohatlar ko'payib ketgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Shaharliklar» 2026 yilni kutilganidek boshlay olmadi: Gvardiola jamoasi kubok bahslarida ikki uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa-da, Premer-liga va Chempionlar ligasida hozircha yutug'ga erisha olmadi — uch durang va ikki mag'lubiyat. Natijalardagi pasayishga jarohatlar sababli bir qator futbolchilarning safdan chiqqani ham ta'sir qilmoqda.

Murabbiy muammoning ildizini o'yinlar soni haddan tashqari ko'pligida ko'rdi. «O'tgan mavsum bunday holatga noyabrdayoq duch kelgandik, bu safar esa yanvarda takrorlandi. Sabab nima? O'yinlar soni. Bizda a'lo shifokorlar, eng yaxshi fizioterapevtlar bor — ular sutkasiga 24 soat ishlaydi. Ammo asosiy omil — juda ko'p uchrashuvlar. Bu faqat bizda emas, boshqa klublarda ham shunday», — deya Gvardiolaning so'zlarini City Xtra keltirdi.

Shanba kuni «Manchester Siti» APLdagi omadsiz seriyani to'xtatish uchun uy maydonida «Vulverhempton»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Manchester Sitidagi jarohatlar sababini ochiqladi