
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Braziliyaning yangi elchisi Serjiu Rodriges dos Santosdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Dos Santos avgust oyidan boshlab Rossiyadagi Braziliya elchixonasini ham boshqarib kelmoqda. Serjiu Rodriges dos Santos diplomatik faoliyatini 1990-yillarning o‘rtalarida Braziliya Tashqi ishlar vazirligida boshlagan.
U Tokioda, Tel-Avivda, Jenevada va Nyu-Yorkdagi BMTning doimiy vakolatxonasida xizmat qilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1994-yilning aprel oyida o‘rnatilgan.
2024-yilning oktabr oyidan joriy yilning oktabriga qadar ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 7,8 million dollardan oshib, yillik o‘sish sur’ati 15,4 foizni tashkil etdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.